XODIMLARNING FARZANDLARI UCHUN MAXSUS TAVSIYANOMALAR TOPSHIRILDI
Kuni kecha Toshkent viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan, o‘z xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan umumiy 26 nafar xodimlarning o‘g‘il-qizlariga joriy yilda oliygohlarga kvota asosida o‘qishga kirish imkonini beruvchi tavsiyanomalar topshirildi.
Ushbu tavsiyanomalar vatan tinchligini asrashda munosib hissa qo‘shgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda yuksak natijalar ko‘rsatayotgan xodimlarning farzandlari uchun taqdim etilgan bo‘lib, yil sayin tavsiyanomalar soni ortib borayotganligi quvonarli hol.
Ushbu yigit-qizlar kelajakda o‘z kasbining ustalari bo‘lib, O‘zbekiston taraqqiyotiga kamarbasta bo‘ladigan munosib avlod bo‘lib ulg‘ayishlariga ishonch bildiramiz.