Halollik va qonuniylik — xizmat faoliyatining asosiy tamoyili
Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasida shaxsiy tarkib uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir xodimning burchi” mavzusida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent harbiy sudi raisi J.K.Raxmonov ishtirok etib, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, mazkur sohada davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish hamda har bir xodimning halollik va qonuniylik bilan faoliyat yuritishi zarurligi alohida taʼkidlandi.
Bunday uchrashuvlar xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda xizmat faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.