Yangiliklar

31 Mart 2024

BUXORO VILOYATIDAGI KUCH TUZILMALARDA XIZMAT OLIB BORAYOTGAN YOSH HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLAR OʻRTASIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL OʻYINI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi va viloyatdagi kuch tuzilmalar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, harbiy qism va muassasalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻz ijodiy va intellektual salohiyatlarini yanada oshirish, ularning kasbiy saviyasini yuksaltirish, shuningdek yoshlarni kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy meroslarini oʻrganish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Tadbirdagi barcha jamoa vakillari mazkur musobaqadan oʻzlari uchun ulkan tajriba toʻplashdi. Sogʻlom raqobat va doʻstona ruhda oʻtgan “Zakovat” turniri yakuniy natijalariga koʻra: 

1 oʻrin Milliy gvardiya viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi;

2 oʻrin viloyat Bojxona boshqarmasi; 

3 oʻrin viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi egalladi.

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.