Yangiliklar

26 Mart 2023

BOSH QOMUSIMIZ – INSON ERKINLIKLARINING KAFOLATIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitusiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha 27 ta modda bilan boyitilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu qonunlarning barchasi inson qadri va manfaatlarini ulug‘lashga qaratilganligi bilan e’tiborlidir.

Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida kuni kecha Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida ayol harbiy xizmatchi va xodimalar o‘rtasida falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxammedova tomonidan “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitusiyam!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘tkaziladigan referendum jarayonlarida xalq, mamlakat taqdiriga daxldorlik niqtayi nazaridan faol ishtirok etish lozimligini ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, ayol harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida sohaga oid trening mashg‘ulotlari va davra suhbati tashkil etildi.