BO‘LAJAK VATAN HIMOYACHILARI UCHUN QIZIQARLI SAYOHAT
Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organ tizimlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida IIV Xorazm akademik liseyi va 93-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchi yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbir doirasida o‘quvchilarga "Qo‘riqlash" boshqarmasi faoliyati, qo‘riqlov signalizasiya vositalarining turlari, shuningdek, sportning kamondan otish turi bo‘yicha mahorat darslari tashkillashtirildi.
Az-Zamaxshariy nomidagi viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda kitobxonlik haftaligi munosabati bilan mutolaa kechasi ham tashkil qilindi.
Sayohat davomida o‘quvchilar soha faoliyatiga doir qiziqtirgan savollariga javob olishdilar. Yoshlarimiz qalbida huquqni muhofaza qiluvchi organ tizimlariga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi.