Yangiliklar

10 Iyun 2024

SHUKRONALIK BILAN YASHASH – OLIY QADRIYAT!

Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, shaxsiy tarkib qalbida shukronalik tuygʻularini oshirishga qaratilgan qator profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida videoselektor tarzida tashkil etilgan "Xodimlar va ularning oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar" mavzusidagi tadbirning asosiy masalalar yuzasidan soʻzga chiqqanlar, bugungi kunda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritdi.
Shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida alohida toʻxtalib, xodimlarga yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash – oliy burchimiz ekanligi taʼkidlandi.