TAʼLIM MASKANLARINI XAVFSIZLIGI TAʼMINLASH – KELAJAK AVLOD EGALARINING SIFATLI TAʼLIM OLISHLARI GAROVIDIR!
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy sohalar yoʻnalishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablarida davomat va xavfsizlik masalasi Milliy gvardiya tomonidan taʼminlab borilishi koʻzda tutilgan.
Ana shu maqsadda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan taʼlim muassasalarida xizmat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilari ishtirokida oʻquv amaliy seminar mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.
Oʻtkazilgan bu kabi navbatdagi mashgʻulotda mutasaddilar tomonidan maktablardagi koʻp uchrayotgan koʻngilsiz holatlar boʻyicha toʻxtalib, unga yoʻl qoʻymasliklari, maktab hududini xavfsizligini taʼminlash, mol-mulklarini qoʻriqlanishi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari boʻyicha aytib oʻtildi.
Bundan tashqari, qorovul xodimlariga obyektlarni qoʻriqlayotganda xizmat vazifasidan kelib chiqib harakatlanishi, qoʻriqlanayotgan obyektning xavfsizlik masalasini muntazam nazoratga olish, hududga begona shaxslarning kirib kelishini oldini olishi, agarda, favqulodda holat yuz berganda belgilangan tartibda harakatlanish kabi vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.
Tadbir soʻngida esa ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar.