Yangiliklar

9 Yanvar 2024

TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YOʻQ

Milliy gvardiya Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlarning dam olish kunlari hamda ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish hamda noyob meʼmoriy obidalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar va turli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Kuni kecha xodimlar bilan ham ayni shu maqsadda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Sayohat davomida mutaxassislar tomonidan muzey faoliyati va undagi mavjud tarixiy eksponatlar, qatagʻon qurbonlari, tarixiy shaxslar haqida batafsil maʼlumotlar berib borildi.
Bu kabi tadbirlar kelgusida xodimlarning xizmat samaradorligini oshishiga, ularning maʼnaviy va maʼdaniy hordiq chiqarish orqali Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlab borishiga xizmat qiladi.