BESH MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA KITOBXONLIK, MUSIQA VA SPORT YO‘NALISHIDA BELLASHUVLAR O‘TKAZILDI
Kuni kecha Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi, Zarbdor tumani Xalq ta’limi bo‘limi va Sport maktabi mas’ullari bilan hamkorlikda Prezidentimizning "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi" doirasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Zarbdor tuman Musiqa va san’at maktabida "Milliy sozlar sehri" va 3-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida kitobxonlik tanlovlari o‘tkazildi.
Kunning ikkinchi qismida tuman sport maktabida sportning kamondan otish, stol tennisi va badminton turlari bo‘yicha musobaqalar ham bo‘lib o‘tdi. Unda yigit-qizlar o‘z chaqqonliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur musobaqalar so‘ngida g‘olib deb topilgan yoshlar Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi tomonidan diplom va medallar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.