"Hushyor xizmat - xavfsiz maktab garovi"
Milliy gvardiya Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qancha mavzular boʻyicha davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Yangiqoʻrgʻon tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi masʼullari tomonidan tuman hududidagi mavjud umumtaʼlim maktablarida xizmat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining xizmat vazifalari, sergaklik va hushyorlik bilan bajarishlari, maktab va uning mol-mulkini qoʻriqlash, majburiyatlarini anglatish, javobgarlik hissini orttirish, oʻquv yili davomida har qanday salbiy holatlarning oldini olish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlash koʻnikmalarini yaxshilash yuzasidan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.