HUSHYOR XIZMAT – XAVFSIZ MAKTAB
Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy sohalar yoʻnalishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablarida davomat va xavfsizlik masalasi boʻyicha Milliy gvardiya tomonidan taʼminlab borilishi koʻzda tutilgan.
Ana shu maqsadda Andijon, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan maktablarda tunu-kun xizmat olib borayotgan qorovullar ishtirokida oʻquv-amaliy seminar mashgʻulotlari tashkil etildi.
Oʻtkazilgan mashgʻulotlarda mutasaddilar tomonidan maktablardagi koʻp uchrayotgan koʻngilsiz holatlar boʻyicha toʻxtalib unga yoʻl qoʻymasliklari, maktab hududini xavfsizligini taʼminlash, maktab mol-mulklarini qoʻriqlanishi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.
Oʻquv-seminarlar davomida tinglovchilarga xizmat vazifasini bajarish chogʻida amal qilishi lozim boʻlgan vazifalar, qoʻriqlash texnik vositalaridan foydalanish tartib qoidalari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Seminarlar mobaynida qorovul xodimlar masalalar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar oldilar.