Yangiliklar

8 Mart 2024

BAYRAM MUNOSABATI BILAN SOVGʻA ULASHILDI

Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ulugʻ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil soʻzlarini bayon etganlar.
Bugun Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali va viloyat bolalar va oʻsmirlar dispanserida davolanishda boʻlgan xotin-qizlarga hamda hamshiralarga sovgʻa ulashildi.
Mazkur tadbirlar davomida "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi nozik tuygʻular timsoli boʻlgan barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz va dilbar qizlarimizni ezgulik va goʻzallik bayrami bilan samimiy tabrikladi!