Yangiliklar

29 Avgust 2023

BAYRAM ARAFASIDA YANGMBOZOR TUMANI QO‘RIQLASH BO‘LIMI MA’MURIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Mamlakatimizda keyingi yillarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni o‘z vaqtida oldini olish, aholi xotirjamligi va farovonligini ta’minlashda barcha organ va tashkilotlar qatori Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining ham roli muhim sanaladi.

Bu borada huquq tartibot organlari xodimlariga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida Xorazm viloyatida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasining Yangibozor tumanda joylashgan Qo‘riqlash bo‘limi ma’muriy binosi zamon talablari asosida ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.

Bugun zamonaviy ko‘rinish kasb etgan va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgan mazkur ikki qavatli binoning tantanali ochilish marosimida, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi rahbariyati, tuman sektor rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar xodimlarni yangi bino bilan tabriklab, yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida samarali xizmat olib borish, jamoat tartibini saqlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlovini saqlashdek sharafli ishlari va ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tadbirda xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bir guruh Qo‘riqlash bo‘linmalarining xodimlariga faxriy yorliqlar, xodimlaring ota-onalariga tashakkurnomalar, qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.Tantanali marosimdan so‘ng mehmonlar binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.