Yangiliklar

8 Noyabr 2023

JOYLARDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH BORASIDAGI TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Fargʻona shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi masʼullari hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda shaharning Toʻqimachilar mahallasi hududidagi aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish, fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.

Yakunda oʻz xonadonlarini hamda savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Bu kabi tadbirlar shaharning boshqa mahallarida ham oʻtkazilmoqda.