Yangiliklar

23 Noyabr 2023

AHOLI XOTIRJAMLIGI YOʻLIDA TARGʻIBOTLAR OLIB BORILMOQDA

Joylarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, obod va xavfsiz hududga aylantirish, fuqarolar osoyishtaligi va xotirjamligini taʼminlash, farovon turmush tarzini shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan tizimli choralar amalga oshirilib, sohada amaliyotga keng tadbiq etish uchun bir qator qulayliklar, "Qoʻriqlash" tizimining yangicha yondashuvlari tashkil etildi. Termiz shahridagi "Yashil dunyo" savdo majmuasida fuqarolar ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi targʻibot tadbirida aynan shu haqida soʻz yuritildi. Uy va xonadon, obyektlarda oʻrnatiladigan zamonaviy qoʻriqlov signalizatsiya vositalarining afzalliklari, tadbirkorlarga va fuqarolarga qulaylik tomonlari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Shuningdek, Termiz shahridagi "qizil" toifaga kiritilgan Tuproqqoʻrgʻon mahallasida istiqomat qiluvchi va shu hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkorlar va fuqarolar bilan ham uchrashuv tashkil etildi.
Profilaktik tadbirda mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish, har bir koʻcha, koʻp qavatli uylar, xizmat koʻrsatish va savdo shahobchalarini zamonaviy kuzatuv kameralari, qoʻriqlash uskunalari bilan jihozlash zarurligi qayd etildi. Mazkur yoʻnalishda Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" boʻlimlari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Shundan soʻng, mol-mulki daxlsizligini oʻylagan, ushbu xizmatga qiziqish bildirgan fuqarolar va tadbirkorlardan belgilangan tartibda qoʻriqlovga olish yuzasidan arizalari olinib, zarur qoʻriqlov jihozlarini oʻrnatish ishlari olib borildi.
Bu boradagi amaliy ishlar bosqichma-bosqich vohaning barcha hududlarda izchillik bilan davom etmoqda.