Yangiliklar

17 Aprel 2024

Avval xabar berganimizdek, Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostidagi ishchi guruh tomonidan respublikamizning barcha viloyatlarida manzilli ishlar olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostidagi ishchi guruh tomonidan respublikamizning barcha viloyatlarida manzilli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Z.I.Boʻronov boshchiligida Andijon shahrida joylashgan maktablarga tashrif buyurilib, Milliy gvardiya hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarining natijalari oʻrganildi.
Uchrashuvlarda maktab direktorlari, inspektor-psixologlar va oʻqituvchilar bilan "Maktab-mahalla-oila" tamoyili asosida taʼlim jarayonida oʻquvchilarning davomatini tashkil etish, bu boradagi muammo va ularning yechimlari hamda oʻquv muassasalarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Maktab oʻquvchilari bilan Boks boʻyicha Olimpiya va Jahon chempioni Hasanboy Doʻsmatov, Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorov hamda tizim faxriylari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda chempionlar sport yutugʻlarini qoʻlga kiritishda mamlakatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, oʻquvchilik davrlari hamda vatan gʻururi, vatanparvarlik hissi haqida soʻz yuritishdi. 
Shuningdek, "Xavfsiz maktab" loyihasiga asosan, maktablarning xavfsizligini taʼminlashda yangi tizim asosida joriy qilingan qorovullik xizmatini tashkil etish, oʻquv muassasalariga oʻrnatilgan "tashvish" tugmalari va videokuzatuv tizimlarini takomillashtirish, biometrik identifikatsiya tizimlarini joriy qilish hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning xizmat faoliyatini kuchaytirish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, oʻquvchilarni sogʻlom turmush tarziga keng jalb qilish, darslardan soʻng boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun maktablarda sport toʻgaraklari faoliyatlarini tashkil etish masalalari mutasaddi tashkilotlar bilan muhokama qilindi. Endilikda ushbu maktablarda yoshlar kamondan otish, qoʻl jangi, boks, yengil atletika singari sport turlari boʻyicha doimiy shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻlishdi.