ASOSIY MAQSAD – FUQAROLAR MOLK-MULKINI ISHONCHLI QOʻRIQLOVINI TAʼMINLASH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Nukus shahridagi Taslaq hamda Samanbay MFYlari hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar orasida IIO va mahalla faollari bilan birgalikda «Xavfsiz shahar» va «Xavfsiz hudud» tamoyili asosida profilaktik targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlash, fuqarolarning daxlsizligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida obyekt va xonadonlarga oʻrnatiladigan qoʻriqlov hamda yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari haqida toʻliq maʼlumotlar berilib, ishlash tizimi koʻrsatib berildi.
Targʻibotlar yakunida ishonchli "Qoʻriqlash" xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, qoʻriqlovga olish choralari koʻrildi.