ASKARLARNING YO‘L HARAKATI QOIDALRI HAQIDAGI BILIMLARI KUCHAYTIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida xizmat o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarining bilim salohiyatlarini oshirish maqsadida Zomin tumanida joylashgan avtomaktabda “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot chog‘ida askarlarga yo‘l belgilari va avtomobil ehtiyot qismlarining vazifalari va funksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Qurolli kuchlar safini har jihatdan yetuk kadrlar zahirasi bilan to‘ldirish, tinchlik posbonlarining bilm-ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida tashkil etilgan ushbu amaliy mashg‘ulotlar davomida muddatli xarbiy xizmatchilarning avtronsport vositalari haqidagi bilmlari mustahkamlandi.