Yangiliklar

13 Fevral 2026

Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash xizmatida jamiyatimiz kelajagiga tahdid solayotgan illatlarga qarshi muhim targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash xizmatida jamiyatimiz kelajagiga tahdid solayotgan illatlarga qarshi muhim targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qashqadaryo davlat universiteti, RIRSIATNX viloyat filiali hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi vakillari ishtirok etib, giyohvandlik va psixofaol moddalarining jamiyat, shaxs va kelajak uchun keltiradigan ogʻir oqibatlari haqida atroflicha maʼlumot berdilar. Tadbir davomida giyohvandlikning huquqiy javobgarligi, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, zararli gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mavzuga oid videorolik namoyish etilib, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi. Yakunda esa xodimlarga zararli gʻoya va illatlardan himoyalanish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, ekstremistik tahdidlarga nisbatan ogohlik, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash boʻyicha muhim tavsiyalar berildi.