Yangiliklar

24 Sentyabr 2025

"Dolzarb 20 kun" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti masʼul xodimlari tomonidan "Dolzarb 20 kun" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Andijon viloyatida oʻtkazilgan tadbirlar doirasida obyekt va xonadon egalariga Qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanish tartibi, ularning afzalliklari, qoʻriqlash va signalizatsiya vositalari haqida maʼlumotlar berildi. Ushbu vositalarning turlari va narx-navosi aholiga tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolar orasida oʻtkir tigʻli buyumlarni olib yurish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktika ishlari olib borildi. Mahallalarda xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida “Tashvish tugmachalari” va kuzatuv kameralarini oʻrnatish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. Ularning oʻz vaqtida oʻrnatilishi va toʻgʻri ishlashi nazoratga olindi.

Bu kabi tadbirlar aholi xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni kamaytirish va jamoat tartibini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.