ARZONLASHTIRILGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Yangi yilga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu sababdan barcha bayram dasturxoni uchun noz-neʼmatlarni qayerdan arzonroq xarid qilishni oʻylashi tabiiy hol, albatta.
Ayni shu maqsadda xodimlarning bayram kayfiyatini koʻtarish, Yangi yil bayrami dasturxonini turli oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi, shuningdek Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida xodimlar uchun oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkalarda hududiy taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan qoramol goʻshti va goʻsht mahsulotlari, baliq, tuxum, kartoshka, sabzi, piyoz, oʻsimlik va paxta yogʻi, turli xil mevalar, un mahsulotlari hamda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxidan arzon narxlarda taqdim etildi.
Boʻlib oʻtgan ushbu yarmarkalarda xodimlar Yangi yil dasturxonini bezatish uchun kerakli boʻlgan barcha noz-neʼmatlarni xarid qilishdi.