“Arda Xiva” — tarix va hozirgi zamon uygʻunligini his etish uchun sayohat!
Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun unutilmas va maroqli dam olish imkoni yaratildi. Ichki turizmni rivojlantirish, milliy merosga boʻlgan hurmatni oshirish hamda jamoa oʻrtasidagi birdamlikni mustahkamlash maqsadida Xiva shahrida joylashgan “Arda Xiva” turizm kompleksiga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohat ishtirokchilari zamonaviy qulayliklarga ega, biroq tarixiy ruhni saqlab qolgan majmuada boʻlish orqali nafaqat hordiq chiqarishdi, balki boy tariximizni yaqindan his etish imkoniyatiga ham ega boʻlishdi. Ishtirokchilar ushbu zamonaviy yangi barpo etilgan binoda sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday tashabbuslar xodimlarimizning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilash, turizm orqali Vatan goʻzalliklarini yangicha koʻz bilan kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.