Yangiliklar

2 May 2023

AQL GIMNASTIKASIDA IMKONIYATLAR SINAB KO‘RILDI

Namangan viloyatidagi uyushmagan yoshlar hamda yoshi ulug‘ otaxonlar ishtirokida “Shaxmat-aql charxi” shiori ostida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tashabbusi bilan tashkil etilgan bahslarda shaxmatga qiziquvchi insonlar jam bo‘lib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Klassik shaxmat yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda ishtirokchilar yosh toifasiga ko‘ra guruhlarga bo‘lingan holda sinovlarda ishtirok etdilar.
O‘yinlar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.