Yangiliklar

2 Noyabr 2023

ANDIJON VILOYATI MILLIY GVARDIYASI HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI OʻQUV MASHGʻULOTI

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining professor oʻqituvchilari tomonidan Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida harbiy xizmatchi hamda xodimlar tomonidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilayotganda protsessual tartibda ish koʻrilishi, bu boʻyicha kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlar, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Mashgʻulot davomida masʼullar tomonidan hududlarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida qonunchilikka kiritilgan soʻnggi oʻzgarishlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tashkil etilayotgan bu kabi mashgʻulotlar xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish bilan birgalikda, hududlarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatadi.