MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA NAVBATDAGI SEMINAR
Joriy yilning 19 sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida oʻzbek tilida soʻzlagan nutqi va unda koʻtarilgan global masalalar boʻyicha kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi, “Shuhrat” medali sohibi Q.Karimbekov mashgʻulotga taklif etilgan boʻlib, davlatimiz rahbarining global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslar borasida bildirilgan fikrlari, ilgari surilgan tashabbuslar yetkazdi.
Tadbir davomida mavzuga oid tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.