MILLIY GVARDIYA XODIMLARI HAMDA ULARNING OILA AʼZOLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Xodimlar orasida xizmat intizomini mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek, ular orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash maqsadida Toshkent shahri "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Milliy gvardiya Markaziy devoni, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi hamda Harbiy prokuratura masʼullari ishtirok etib, xodimlarning samarali faoliyat olib borishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda sohada olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, tinchlik posbonlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan turli xil tavakkalchilikga asoslangan oʻyinlarni oʻynamaslik, korrupsiya, tamagirlik kabi illatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shu oʻrinda tinchlik posbonlarni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish borasida masʼullarga koʻrsatmalar berildi.