YOSHLAR UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida "Qoʻriqlash" va Ichki ishlar boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yoshlar uchun Ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi. Mazkur tadbir davomida uch avlod uchrashuvi tashkil etilib, faxriylarimiz tomonidan Milliy gvardiya faoliyati, shuningdek yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarimizni xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Shundan soʻng yoshlarga Milliy gvardiya faoliyatiga oid videolavhalar namoyish etilib, "Qoʻriqlash" xizmati boʻyicha tushunchalar hamda zamonaviy texnik qoʻriqlash uskunalari va ularni ishlash tartibi xususida maʼlumot berildi. Ochiq eshiklar kuni yakunida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy anjom-aslahalar va texnika koʻrgazmasi, qoʻl jangi sport turi boʻyicha mahorat darslari hamda turli bellashuvlar oʻtkazildi.