Yangiliklar

8 Avgust 2023

HUQUQIY SAVODXONLIKNI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDAGI YANA BIR UCHRASHUV

Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari uchun Harbiy prokuratura mas’ul xodimlari hamda Urganch davlat universitetining professor- o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga davlatchiligimiz tarixi, qonunchilikdagi yangiliklar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlariga yuklatilgan yangi vakolatlarni bajarish tartibi va ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish davomidagi protsessual harakatlar tushuntirib o‘tildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda tinchlik posbonlarining xizmatda duch keladigan muammolarga munosib yechim topish kabi amaliy tajribalardan kelib chiqib zarur tavsiyalar berishdan iborat.

Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas’ullarga yuzlanib kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.