"ISHGA MARHAMAT" MONOMARKAZIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
Andijon viloyatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila a’zolari bilan sayyor qabul hamda “Mehnat yarmarkasi” tashkillashtirildi.
Tadbir davomida xodimlarning oila aʼzolari tomonidan murojaatlar qabul qilinib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, Andijon shahar "Ishga marhamat" monomarkazida 12 nafar oʻqish istagini bildirgan oila aʼzolarni roʻyxatlari shakllantirilib, oʻqitish masalasi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birgalikda harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ularni muammoli vaziyatlarda qonuniy yoʻl bilan hal etish yuzasidan Andijon harbiy prokuraturasi mutasaddi xodimlari sayyor qabul oʻtkazilib, kelib tushgan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.