Yangiliklar

2 Oktyabr 2024

Andijonda “Harbiy qismda bir kun” loyihasi oʻtkazildi

Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Vatanni himoya qilish – har birimizning burchimizdir" shiori ostida “Harbiy qismda bir kunim” loyihasi oʻtkazildi.
Yoshlar texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi, jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarini, harbiy qism kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi hamda shaxmat-shashka musobaqasi oʻtkazildi.
Shuningdek, yoshlarga vatanparvarlik, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchalar berildi. Loyiha yakunida kun davomida faol ishtirok etgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad – oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Ona Vatanga muhabbat hissini oshirishdan iboratdir.