Yangiliklar

3 Avgust 2023

XODIMLAR VA ULARNING OILA A’ZOLARI ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Tinchlik posbonlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va “Qo‘riqlash” xizmati saflarida faoliyat olib borayotgan shaxsiy tarkibning muammolarini barvaqt aniqlash, ularga munosib yechimlar topish maqsadida Xorazm viloyati Urganch shahar “Qo‘riqlash” bo‘limidagi xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlarning xizmat o‘tash tartibi, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va yutuqlari sarhisob qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

So‘z olganlar tinchlik posbonlarining ishdan bo‘sh vaqtlarida oila a’zolari bilan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari hamda ishdan tashqari vaqtlarda kim bilan qayerga borishlariga alohida ahamiyat qaratish lozimligi xususida ham to‘xtalib o‘tdilar.

Xizmatdan bo‘sh vaqtlarida xodimlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan qonun buzilish holatlarini oldini olish, tamagirlik, firibgarlik kabi huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda safdoshlariga o‘rnak bo‘lgan holda xizmat olib borishga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va xizmatni to‘g‘ri tashkil etish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida namunali xizmat olib borib, shaxsiy tarkibga o‘rnak bo‘lgan xodimlar va ularning ota-onalari alohida e’tirof etildi.