Yangiliklar

3 Oktyabr 2023

Nukusda yoshlar uchun «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» tashkil etildi

Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugida tashkil etilgan «Jasorat maktabi» o‘quvchilari orasida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi. Tadbirda huquqni muhofaza qilish organlari harbiy xizmatchi va xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi, Vatanparvar tashkiloti va boshqa hamkor tashkilot vakillari birgalikda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, Kamondan otish sporti bo‘yicha mahorat darslari, qo‘l jangi turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga tadbir ishtirokchilariga Nukus madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan konsert dasturi ham qo‘yib berildi.