Yangiliklar

11 Avgust 2023

OILAVIY BOLALAR UYLARI TARBIYALANUVCHILARI UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on hamda Norin tumanlarida tashkil etilgan oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Sayohat davomida bolajonlar uchun psixoprofilaktik suhbat, psixologik treninglar o‘tkazildi. Shuningdek, ertamiz egalari boshqarmada xizmat qilayotgan xodimlar uchun jangovar ko‘nikmalarni mustahkamlovchi zamonaviy mashg‘ulot xonasi, turli xil adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxonalar bilan yaqindan tanishdilar.

Bu kabi tashriflar davomida mamlakat taraqqiyoti uchun mas’ul bo‘lgan yigit-qizlar qalbida vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli maqsadga xizmat qiluvchi navqiron avlod bo‘lib kamol topishlariga ko‘makchi bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.