MILLIY GVARDIYAGA BIRIKTIRILGAN YOSHLAR UCHUN TADBIR TASHKILLASHTIRILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Milliy gvardiyaga biriktirilgan mahalla yoshlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
Dastlab yoshlar chavandozlar maktabi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan ot minish, ot ustida kamondan otish mahorat darslari bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng yoshlar bilan kitobxonlik, shaxmat, shashka bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, ular o‘rtasida vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish maqsadida mavjud bo‘lgan harbiy anjom-aslahalar, harbiy texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar ishtirokida "Vatan taqdiri uchun har birimiz mas’ulmiz" mavzusida uch avlod uchrashuvi tashkil etilib, faxriylarimizning yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarimizni xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borgan xizmatlari e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida faxriylar tomonidan yoshlarga o‘zlarining maslahat va tavsiyalarini berildi.
Kunning ikkinchi yarmida yoshlar Milliy gvardiya qo‘mondoni Kubogi uchun futbol musobaqasida bellashdilar, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va ko‘chma kubok bilan taqdirlandi.