Toshkent shahar “Qoʻriqlash” boshqarmasida “21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni”ga bagʻishlangan tadbir yuqori shukuhda boʻlib oʻtdi
Marosimda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari, senator, shoir M.Hojimatov, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi-shoira SH.Salimovalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida soʻzga chiqqanlar tomonidan istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim oʻzgarishlar yuz bergani, oʻzbek tilining xalqaro miqyosda obroʻsi oshgani, shuningdek, Milliy gvardiya faoliyati bilan bogʻliq koʻplab huquqiy-meʼyoriy hujjatlar lotin alifbosida yuritilayotgani, oʻzbek tili rivoji va uning Vatan taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega ekanligi, tilimiz nufuzini yanada mustahkamlash har birimizning burchimiz ekanligi taʼkidlandi.
Shundan soʻng, tadbirning badiiy qismida Harbiy-musiqa akademik litseyi va “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining bir-biridan mazmunli sahna koʻrinishlari, ifodali sheʼr aytishlari, qoʻshiqlari barchani birdek quvontirdi.
Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazilib, barcha ishtirokchilar bayramdan ham maʼnaviy ham madaniy ozuqa olishdi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, yoshlar oʻzbek tilining boy tarixi va madaniy merosi haqida ham koʻplab yangi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.