Yangiliklar

19 Iyun 2024

HAMKORLIKDAGI SEMINAR MASHGʻULOTI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish, yoʻllarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish hamda yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirish va qoʻshimchalardan xabardor qilish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼullari hamkorlikda oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida maʼruzachi tomonidan, yoʻllarda harakatlanish davomida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish oʻzimiz va oila aʼzolarimiz hamda yaqinlarimizning salomatligini saqlashi, ularning koʻzlagan manzillariga sogʻ-salomat yetib olishlarini taʼminlashi, shunday ekan barchadan yoʻl harakati qoidalari yuzasidan yetarli bilimga ega boʻlish, unga qatʼiy amal qilish talab etilishi, harakat davomida hamisha hushyor harakatlanish, sergaklikni yoʻqotmaslik, yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan madaniyatli boʻlish borasida tushuntirish ishlari olib borilib, tadbir ishtirokchilarini mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, tezlikni oshirish, yoʻl harakati qoidalariga rioya etmaslik hamda oʻziga ortiqcha ishonch bildirish oqibatida yuzaga kelgan koʻngilsiz hodisalar yuzasidan videofilm namoyish etilib, bu kabi holatlardan har bir xodim oʻziga tegishli xulosa qilishi lozimligi yetkazildi.