Yangiliklar

27 May 2023

BOSH QOMUSIMIZGA KIRITILGAN O‘ZGARISHLAR AVVALO INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH UCHUN

Kuni kecha Surxondaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida xodimlar ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Termiz davlat universitetining tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori A.Boqiyev ishtirok etib, dunyo mamlakatlarining konstitutsiya tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Milliy konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qonun ustuvorligi, sayohat, uy-joyga ega bo‘lish, insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan moddalar O‘zbekistonda aholi turmush darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish hamda davlat va fuqarolik jamiyatining jadal rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asos yaratilganligi e’tirof etildi. Uchrashuvda qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan batafsil javob va tushunchalar oldilar.