Andijon viloyatida "Qon bu — hayot" shiori ostida qon topshirish aksiyasi oʻtkazildi
Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan insonparvarlik va ezgulik gʻoyalarini targʻib etish maqsadida begʻaraz qon topshirish aksiyasi oʻtkazildi.
"Qon bu — hayot" shiori ostida tashkil etilgan ushbu xayrli tadbirda boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, muhtoj bemorlar uchun zarur boʻlgan qon zaxiralarini toʻldirishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Ushbu aksiya orqali nafaqat insonlarga yordam koʻrsatildi, balki jamiyatda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, birdamlik va mehr-oqibat ruhini mustahkamlashga ham xizmat qildi.