Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.D.Mamayusupov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, harbiy xizmatchilar va xodimlar, ularning oila aʼzolarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan ommaviy sayyor oʻtkazildi.
Sayyor qabulda tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari, shuningdek fuqarolarning turli yoʻnalishdagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.
Asosiy eʼtibor murojaatlarni oʻz vaqtida qonuniy hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.