Yangiliklar

26 Sentyabr 2023

GʻALABA BOGʻIGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi xodimlarining maʼnaviy barkamolligini oshirish, tarbiyaviy-mafkuraviy jihatdan har tomonlama shakllantirish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib borilmoqda. Xususan, Milliy gvardiya Toshkent shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning dam olish kunlari hamda ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish hamda noyob meʼmoriy obidalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar va turli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Kuni kecha ayni shu maqsadda "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolari bilan "Gʻalaba bogʻi"ga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar yangi bogʻning tabiati va unda mavjud tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Bu kabi tadbirlar kelgusida xodimlarning xizmat samaradorligini oshishiga, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlab borishga xizmat qiladi.

Close menu