OILAVIY BOLALAR UYLARI TARBIYALANUVCHILARI UCHUN "BUXORO VARNET" ZAMONAVIY AGROSANOAT MAJMUASIGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni madaniy xordiq chiqarishlarini taʼminlash hamda tabiatni asrash, unga boʻlgan qiziqishni orttirish va ekologik madaniyatni yanada oshirish maqsadida kuni kecha Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun respublikamizda yagona boʻlgan "Buxoro Varnet" zamonaviy agrosanoat majmuasiga sayohat tashkil etildi.
Buxoro azaldan tuprogʻi shoʻr, yerlari qumloq, suvi tanqis oʻlka sifatida tilga olinadi. Viloyatning juda katta va keng hududi choʻl zonalardan iborat. Biroq, inson qoʻli shu qadar mo‘jizalarga qodirki, choʻlda ham bogʻ barpo etib, uni soʻlim goʻshaga aylantira oldi.
Aynan, mazkur maskanga tashrif buyurgan mehmonlarda ham u yerdagi goʻzal manzaradan katta taassurotlar olishdi.
Shuningdek, sayohat davomida Ark qalʼasiga ham tashrif uyushtirilib, yoshlarga tarixiy shaxslarimiz, ularning bosib oʻtgan yoʻllari haqida batafsil tushunchalar berildi. Oʻz navbatida, bilimga chanqoq bolalar xam oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar.