SPORTCHI YOSHLAR UCHUN BOSHQARMAGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Bugungi kunda yoshlar xar jabhalarda o‘zlarining oldiga qo‘ygan maqsadlari tomon shijoat va jasorat bilan harakat qilib kelmoqdalar. Sirdaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi Yangiyer shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limida Xovos tumani “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv sport texnika klubining sportchi yoshlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Tadbir davomida yoshlar bilan davra suhbat tashkil etildi. Suhbatda soha vakillari yoshlarga ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Shundan so‘ng "Qo‘riqlash" bo‘limida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ushbu bo‘limdagi ajdodlarimiz hayot va ijodlarini o‘rganish uchun tashkil etilgan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur xonalari, xodimlar jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini oshirib borish uchun tashkil etilgan trenajyor zali, merganlik mahoratlarini oshirish uchun tashkil etilgan o‘q otish xonasi, psixolog xonalari bilan ham yaqindan tanishdilar.
Shuningdek Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan xizmat vaqtida foydalaniladigan anjomlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Bu yerda yoshlarga uchun sportning pnevmatik miltiqdan o‘q otish va sportning kamondan otish turlari bo‘yicha musobaqalar ham tashkil etildi. Tadbir so‘ngida musobaqalarda faxrli o‘rinni olgan yoshlar taqdirlandi.