Yangiliklar

13 Noyabr 2023

KIBERXAVFSIZLIK DOIRASIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida Milliy Gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimlari tomonidan oʻquv seminar tashkil etildi. Oʻquv seminarda bugungi kunda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning turli koʻrinishlari, mamlakatimizda kuzatilayotgan turlaridan xabardor boʻlishlari, shuningdek kiberjinoyatlarni aniqlash va ularni fosh etish boʻyicha tajribali xodimlar murabbiyligi ostida oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini egallash imkoniyatiga ega boʻlishlari alohida taʼkidlandi.
Bundan tashqari tadbir davomida «Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida»gi Qonunning mazmun-mohiyati yetkazilib, kiberjinoyat oqibatlaridan oʻz vaqtida aholini xabardor qilish, hamda ularning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilingan.
Oʻquv seminar yakunida kiberjinoyat holatlar boʻyicha videorolik namoyish etilib, xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.