FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA SЕMINAR TASHKIL ETILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlarida xizmat olib borayotgan idoraviy qorovullik bo‘linmalari xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida mas’ullar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda viloyat harbiy prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan muloqotlarda viloyat tuman-shaharlardagi korxona va tashkilotlarda ishlayotgan idoraviy qorovullik bo‘linmalarining xodimlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi huquqlari hamda majburiyatlari tushuntirildi.
Qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olishda xodimlarning hushyor va ogoh, sergak xizmatni tashkil etishlari muhim jihatlardan ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga xodimlarning xizmat intizomiga amal qilishlari, o‘z ustilarida doimiy ishlab tajriba orttirishlari, intellektual salohiyatini kuchaytirish orqali ishonchli qo‘riqlovni ta’minlashlari lozimligini ta’kidlandi.