Yangiliklar

31 Mart 2025

“Diniy oqimlar va aqidalarning maqsad-muddaolari” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida hushyorlik va ogohlikni oshirish, turli yot gʻoyalarga qarshi ularning maʼnaviyati va bilimini yanada yuksaltirish hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasi masʼul xodimi ishtirokida “Diniy oqimlar va aqidalarning maqsad-muddaolari” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Unda soʻzga chiqqan maʼruzachi tomonidan, bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida notinchliklar, davlatlar oʻrtasidagi ziddiyatlar hukm surib turgan, tabiiy ofatlar roʻy berayotgan bir vaqtda bizning yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta hayot kechirayotganligi, shunday ekan ushbu tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish, shukronalik hissi bilan hayot kechirish darkorligi taʼkidlab oʻtilib, zaruriy maʼlumotlar yetkazildi.
Bundan tashqari, xizmat vazifalarga yanada masʼuliyat va shaxsiy javobgarlikni his etgan holda yondashish, har qanday kutilmagan tahdid va xatarlar nisbatan shay holatda boʻlish, turli diniy oqimlar va aqidalarning maqsad-muddaolari borasida yetarli bilimga ega boʻlish, ularga qarshi kuchli immunitetni shakllantira olish muhimligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida tinglovchilarni mavzuga oid qiziqtirgan savollariga masʼul mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

Close menu