NAMANGAN VILOYATIDA YUGURISH MARAFONI OʻTKAZILDI
Bugun erta tongdan, Namangan viloyatining Davlatobod tumani Yuksalish koʻchasi boʻylab Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Kurashlarga boy tarzda oʻtgan marafonda ishtirokchilar yugurish davomida marraga birinchilardan boʻlib yetish maqsadida shiddat bilan harakat qilishdi. Marafon yakunida gʻolib va sovrindorlar Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan diplom, medal hamda pul mukofoti bilan taqdirlandilar.