Yangiliklar

21 Sentyabr 2023

TALABALAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Katta hayot sari ilk qadamlarini qo‘yayotgan yosh avlodni tarbiyalash, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish bugunning asosiy g‘oyasiga aylangan va bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda “Qo‘riqlash” boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy davlat pedagogika institutida talabalar ishtirokida “Yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish xamda bu borada olib borilayotgan ishlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida rahbariyat tomonidan bugungi kunda yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarga to‘xtalib, mazkur illatlarning ayanchli oqibatlariga alohida urg‘u berildi. Tinglovchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javob oldilar.