YOSHLAR ORASIDA QONUN BUZILISH HOLATLARINI OLDINI OLISH YUZASIDAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Katta hayot sari ilk qadamlarini qoʻyayotgan yosh avlodni tarbiyalash, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish bugunning asosiy gʻoyasiga aylangan va bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda Navoiy davlat pedagogika institutida talabalar ishtirokida “Yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida rahbariyat tomonidan bugungi kunda yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarga toʻxtalib, mazkur illatlarning ayanchli oqibatlariga alohida urgʻu berildi. Bundan tashqari davra suhbati davomida qonunchilikda, xususan, ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Milliy gvardiya organlariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni aniqlash vakolatlari berilganligi ishtirokchilar eʼtiboriga yetkazildi. Tinglovchilar mavzu doirasida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar.