Hududlarda mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi doirasida keng qamrovli targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi
Bugungi kunda zamonaviy va eng soʻngi bosqichdagi qoʻriqlov jihozlari orqali respublikamiz boʻylab oʻgʻirlik va boshqa turdagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga erishib kelinmoqda. Ushbu faoliyat bilan fuqarolarni yaqindan tanishtirish maqsadida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa hamkor tashkilot xodimlari tomonidan mahallalarda soha faoliyatiga doir targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar doirasida fuqarolarga zamonaviy qoʻriqlov signalizatsiya vositalarining turlari va vazifalari hamda afzallik jihatlari yetkazildi. Targʻibot-tashviqot ishlari natijasida shu yerning oʻzida koʻplab fuqarolar "Qoʻriqlash" xizmatidan foydalanish istagini bildirishdi va ushbu fuqarolardan arizalar qabul qilindi.
Soha faoliyatiga doir bu kabi targʻibot tadbirlari mamlakatimizning barcha hududlari boʻylab davom ettirilmoqda.