Xodimlar xizmat intizomiga amal qilishlarini taʼminlash hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida uchrashuv tashkil etildi
Xodimlar xizmat intizomiga amal qilishlarini taʼminlash hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida tizimda ijrochilik va xizmat intizomi buzilish holatlari aniq misollar bilan keltirib oʻtildi va bular uchun javobgarlik asoslariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shundan soʻng vazifasiga masʼuliyat bilan yondashib kelayotgan bir guruh xodimlar va ularning ota-onalari taqdirlandi.
Shuningdek boshqarma boshligʻi tomonidan shaxsiy qabul tashkil etilib, murojaatchilar tomonidan keltirilgan masalalarni hal etish borasida huquqiy tushuntirish berilib, masʼul xodimlarga alohida vazifalar belgilab berib ijrosi nazoratga olindi.